Aktyor Adiz
Rajabovga rejissyorlar yahshi tarif berishadi. O'ta kamtarin, samimiy
va to'griso'z bu yigitni hususiyatlari darxol ko'zga tashlanadi.
-“Super kelinchak” filmida erkatoy va yolg'izgina o'g'il obrazida namoypn bo'ldingiz. “Ichkuyov”da-chi?
-“Ichkuyov”da
buni aksi. Hokisor va g'aribgina bir yigit obrazini talqin etdim.
Qishloqdan kelgan yigit shartnoma asosida o'qishga kiradi. Pul topish
uchun esa rosa qiynaladi.
-Ketma-ket Diana bilan partnyor bo'ldingiz. “Ichkuyov” “Super kelinchak”ning davomi bo'lsa kerak?
-Yo'қ.
“Ichkuyov” avvalgi filmimizning davomi emas. To'g'ri filmdagi jamoamiz
“Super kelinchak”niki bilan deyarli bir hil. Lekin film syujeti va
obrazlar umuman bir biriga o'hshamaydi. Men xam boshida shu narsadan
cho'chigandim. Bir tomondan shunaqa bo'lgani xam yahshi bo'ldi. Chunki
men rolimga ikki hil yondashayapman.
-Ancha paytda yo'qolib
ketdingiz. Va “Super kelinchak”da paydo bo'ldingiz. Film muvaffaqiyatli
chiqdi. Sir bo'lmasa qancha gonorar oldingiz?
-Bu sir. Ahir bundan xam dolzarb narsalar bor-ku?
-Ko'pgina rejissyorlar sizga yahshigina tarif berib o'tishdi. Ayrim kasbdoshlaringizdan ancha farq qilasiz?
-Balki
menda ҳam manmanlik bordir? Lekin hamma narsani o'zini vaqti soati
bo'ladi. Kezi kelganda odam kamtar xam, ozgina qattiqqo'l xam bo'lishi
kerak. Shunday vaziyatlar bo'ladiki ozgina huquqingizni bilmasangiz
sizni aldab ketishadi. Men kasbdoshlarimni ayblamayman. Chunki odam o'z
qadrini o'zi ҳam bilish kerak-da.
-Rejissyorlarning aytishiga qaraganda gonorar borasida talashmas ekansiz.
-To'g'ri, talashmayman.
-Asosiy daromadingiz?
-Kichkinagina biznesim bor. Eng muximi xalol. Oloy bozorida kompyuter klubi ochganman.
-O'zingiz bir kunda necha marta internetga kirib turasiz?
-Men ko'pincha kechasi boraman. Chunki xisob-kitob qilishim kerak.
-Internetga kirganingizda ko'proq nimalarga qiziqasiz?
-Madaniyatga.
-Chatlashib turasizmi?
-Yo'q. Bu narsani yomon ko'raman. Bu narsa vaqtni bekor ketkazishdan boshqa narsa emas.
-Pochtangizda bir kunda nechta hat qabul qilasiz?
-Juda ko'pmas-u, lekin xar kuni hat olib turaman.
-Qaysi Bollivud aktyori sizni xayratga soladi?
-Shoxruh Hon, Jon Abraxam.
-Ulardan nimadir olishga harakat qilasizmi?
-Xa, albatta.
-«Super kelinchak»dagi bazi harakatlaringiz SHohruh Honni obrazlariga taqlid qilingandek ko'ringan?
-Shunaqa ko'ringanmi? Lekin atayin qilmaganman.
-Hayotingizda xam “Super kelinchak”daqa qizga uylanishingiz mumkinmi?
-Yo'q.
-Hayotingizda nechta qizni aldagansiz?
-(O'ylanib qoldi) Menimcha, aldamaganman-u, lekin ko'p bor hayrlashishimga to'g'ri kelgan.
-Savolga to'g'ri javob bermadingiz?
-(kuladi). Keyingi savolga o'ting.
-Qachon do'stlikdan voz kechish mumkin?
-Eng
yomoni do'stingiz sizni aldasa. Lekin men shunaqa insonmanki. O'ta
kechirimliman. Kechirib bo'lmas hatolarni xam kechiraveraman.
-Eng yaqin do'stingiz?
-Mirshod. U Buhoroda yashaydi.
-«Super kelinchak»da ota-onasiga aytganingizni qildiradigan yigitni o'ynagansiz. Hayotda-chi?
-Meni ota-onam xar doim to'g'ri tushunishadi. Agar menga ishonishmaganlarida Toshkentga yuborishmagan bp'lishardi.
-Buhoroga tez tez borib turasizmi?
-Xa, albatta.
-Qarindoshlarni ichida eng ashaddiy muhlislaringiz?
-Jiyanlarim. Lekin xozir jiyanlarim shu darajada ko'payib ketganki, baza o'zim xam tanimay qolaman.
-Dianadan partnyor sifatida ko'nglingiz to'ldimi?
-Xa. Aktrisa va partnyor sifatida ko'nglim to'ldi.
-Qaysi mashxur filmda o'ynagan bo'lardingiz?
-Eng yahshi ko'rgan filmim «Yomg'ir odam». Shu filmdagi bosh qaxramonni o'ynashni orzu qilaman.
-Baxrom Yoqubov va Rustam Sadiev. Qay birini kuchli deb ayta olasiz?
-Meni qiyin vaziyatda qoldirmang. Ikkalalarini xam xurmat qilaman.
-«Naxotki sen» yoki «Super kelinchak»?
-Ikkalasi xam. Ikkalasi ҳxm mening qaxramonlarim. Bu rollarim farzandimdek bo'lib qolgan.
-Dilnoza Kubaeva yoki Diana?
-Dilnoza Kubaeva kuchli aktrisa.
-Eng yoqtirmaydigan odatingiz? Ya'ni o'zingizdagi eng yomon odat?
-Xaddan tashqari yumshoqman. Va judayam ko'nglim bo'sh.
-Pand berganmi?
-Juda ko'p pand bergan. Shu narsani bildimki hayotda ozgina bag'ritoshroq va qattiqqo'lroq xam bo'lish kerak ekan.
-Avvalgi suxbatimizda yoqtirgan qizim bor deb aytgandingiz?
-Xa, yoqtirgan qizim bor.
-Ota-onangiz o'ylantirish xarakatida bo'lsa kerak?
-Nasib qilsa shu yil 2009 yilni o'rtalarida o'ylanaman.
-Yoqtirgan qizim aktrisa emas degandingiz. Aktrisalarni sevib qolishingiz mumkin emasmi?
-Aktrisani
sevib qolishim mumkin. Aktrisalarni men yomon deya olmayman. Lekin
judayam rashkim yomon. Agar rafiqam aktrisa bo'lsa men chidolmayman.
Rashk qilaverib o'lib qolsam kerak. Shuning uchun xam aktrisalardan
tanlashni istamaganman.
-O'ylanganingizdan keyin aksincha rafiqangiz sizni rashk qilsa-chi?
-Erkak kishi ko'chani odami-ku?!
-Sizni xayratga solgan i'zingiz haqingizdagi mish-mish?
-Meni mashina olgan deb mish-mish tarqalganini eshitganimda hursand bo'lganman.
-O'zingiz yotirmagan odamga iltimos qila olasizmi?
-Bunaqa
vaziyatlar bo'lgan. Inson ҳamma narsaga majbur bo'lishi tabiiy. Agar
siz ҳamma narsaga etiroz bildiraversangiz yashashni xam xojati
qolmaydi. Albatta vaqti kelsa yoқtirmagan odamimga iltimos qilganman.
Dunyodagi ҳamma yomon ko'rgan odamingizni yo'қ qilib tashlolmaysiz ahir.
-O'zingiz ҳam ichkuyov bo'lishingiz mumkinmi?
-… Bilmadim. Menimcha yo'қ.
-Qaysi ranglarni yahshi ko'rasiz?
-Siyoxrang va yashil rangni yahshi ko'raman.
-Atirlardan-chi?
-Eng yoqqani «Armano Code».
-Eng zo'r sovg'ani kimdan olgansiz?
-Do'stimdan.
-Bir kunda necha soat uhlaysiz?
-Olti soat.
-Sport bilan shug'ullanasizmi?
-Kam. Ertalab goxida yugurib turaman.
-“Super kelinchak”ni ommabop bo'lishini kutganmidingiz?
-Ochig'i
yo'қ. “Ichkuyo'v”ni xam bilmayman. Men oldindan bashorat qilishni yomon
ko'raman. “Super kelinchak” efirga ketgandan keyin muhlislar juda ko'p
savol berishdi. Ko'proq Diana haqida savol berishdi.
-Doim pastga qarab gapirasiz. Bu uyatchanligingizdan dalolatmi yoki shahsni mensimasligingiz?
-Diplomatlarda o'zi shunaqa. Menda bilmadim. Lekin, hech qachon mensimaslik hususiyatim bo'lmagan. Unaqa tushunmanglar.
-Asabiy insonga o'hshaysiz. Bu yuzingizdan, xatti-xarakatlaringizdan ko'rinib turadi?
-Xa, asabiyman.
-Ayni paytda Adiz Rajabovga nima yetishmayapti. Balki pulga extiyojdir, balki mashinaga yoki muxabbatga…?
-Ko'p narsaga... Lekin buni aytolmayman.
-Taxriiryatga piyoda keldingiz. Balki mashinaga extiyoj sezayotgandirsiz?
-Mashina xam bo'lib qolar…
-Taksida yurasizmi yoki jamoat transportida?
-Ko'pincha taksida.
-Bir oyga taksiga qancha pul sarflaysiz?
-O'rtacha 60 ming so'mcha sarflayman.
-Olayotgan gonorarlaringizdan qoniqasizmi?
-Yo'q, albatta.
-Nimani yoqtirmaysiz?
-Noxaq gapni.
-Qanqa uslubda kiyinishni yoқtirasiz?
-Rangini aytaman. Qora ranglar yoqadi.
-Avvallari kliplarda chiqardingiz?
-Birinchi marta Abror Parpievning klipida chiqqanman.
-Institutda qaysi fandan “2” baxo olgansiz?
-“2” olmaganman-u, lekin aniq fanlardan “3” olardim.
-Sizni kursdoshlaringizdan kimlar tanilib ketdi?
-Axror
degan bola o'sha paytlarda SHuxrat Qayumovni kliplarida chiqardi. Lekin
keyinchalik yarq etib chiqmadi. Xozir Milliy teatrda ishlayotgan b'lsa
kerak. 98 foiz kursdoshlarim satira teatrida ishlashmoqda.
-Qachon kasbingizdan nafratlangansiz?
-Bunday
paytlar bo'lgan. “Bo'rilar” filmidan keyin ko'chada ketayotganimda
qizlar menga baqirib, xattoki so'kib haqorat qilishgan. Men indamay
ketaverganman. Lekin bu xolat yuragimga og'ir botgan.
-Qanday fel-atvorli qizlar yoqmaydi?
-Erkak kishidan o'zini ustun qo'yadigan va so'kinadigan qizlarni yomon ko'raman.
-Qaysi kasallik sizni ko'p bezovta qiladi?
-Ko'p shamollayman. Yuragim xam tez-tez bezovta qilib turadi.
-Ijarada yashasangiz kerak?
-Xa.
-Oyiga qancha to'laysiz?
-Shu
shartmi? Oyiga 150 dollar to'layman. Albatta bu pulni bir o'zim
to'lamayman. To'rt kishi turamiz. Og'aynilarim bilan birga yashaymiz.
-Uy olishga harakat qilyapsizmi?
-Xa, tinmay harakat qilyapman.
-Modaga qarab kiyinasizmi yoki…?
-Cho'ntagimga qarab kiyinaman.
-Asosan qayerdan kiyinasiz?
-Bozordan kiyinaman.
-Qachon namoz o'qimoqchisiz?
-Jumalarga chiqib turaman.
-U dunyo xaqida xam o'ylab turasizmi?
-Albatta
uhlashdan avval ku'pincha shu xaqda o'ylayman. Uyquga ketishdan avval
duolar o'қib keyin uhlayman. O'shanda uyqu ҳam qochib ketadi.
-Qanaqa rollarni rad qilishingiz mumkin?
-Salbiy obrazlarni. Ochig'i “Bo'rilar”dan ko'nglim to'lmagan.
-Sevgi sizningcha nima?
-Sevgi… Ikkita insonni gapirmasdan bir-birini tushunish. Qalbi judayam bir-biriga yaqin bo'lishi bu sevgi.