Ohirgi yillar mobaynida poytaxtimizga ko'pgina chet - ellik
san'atkorlar kontsert dasturlari bilan o'z tashriflarini buyurmoqdalar.
Bulardan alohida Rossiyalik ijodkorlarga e'tibor qaratsak, yaqindagina
juda taniqli qiziqchi Elena Vorobey kelgan edi, shuningdek Dima Bilan,
Valeriya. Barchangizga ma'lum bo'lganidek 14- fevral kuni hush ovoz
sohibi Soso Pavliashvili ham tashrif buyuradi. Va eng so'nggi
habarlardan biri bu, iste'dod egasi Maksim Galkinning O'zbekistonga
kelishi. Qish faslning eng so'nggi kunida, ya'ni 28- fevral kuni,
san'at farzandi, mashxur Maksim Galkinning "Istiqlol" saroyida kontsert
dasturi bo'lib o'tadi. O'takazib yubormang!